Putin va Moskvadagi MDH yetakchilarining bugungi jadvali qanday? Peskov e’lon qildi

Olam

image

Bugun, 9 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadigan boshqa davlat rahbarlarining kun tartibi ochiqlandi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Moskva. Kreml. Putin” dasturi muallifiga Pavel Zarubinga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, 9 may G‘alaba kunida Prezident Vladimir Putin va MDH davlatlari yetakchilari paradda ishtirok etishi, gulchambarlar qo‘yishi, shuningdek, norasmiy nonushta rejalashtirilgan. 

“Birinchidan, parad soat 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 12:00 da) boshlanadi. Prezident so‘zlaydi, davlat rahbarlari u bilan birga minbarda bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, Noma’lum askar qabriga birgalikda gulchambar qo‘yiladi, so‘ngra davlat rahbarlari, mehmonlar huzurida Prezident (Putin) bilan norasmiy nonushta rejalashtirilgan”, degan Dmitriy Peskov.

Moskvadagi G‘alaba paradida Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston Prezidentlari hamda Armaniston Bosh vaziri ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva G'alaba paradi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing