Putin va Mirziyoyev tik oyoqda suhbatlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 12 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Ashxobod shahrida “Betaraflikning 30 yilligi” forumi boshlanishidan avval oyoqda turib suhbatlashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Liderlar suhbatni forum delegatsiyalari rahbarlari ishtirokidagi birgalikdagi suratga tushish marosimidan keyin boshlagan. Rossiya va O‘zbekiston Prezidentlari majlislar zali tomon yo‘l olar ekan, qisqa suhbatlashib, bir-birlarini quchoqlab qo‘ygan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonning Ashxobod shahriga borgani va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi. Qolaversa, Mirziyoyev Turkmanistonning Ashxobod shahrida mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing