Putin va Lukashenkoning uchrashuvi qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi 

Olam

−

image

Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoning uchrashuvi joriy yil 22 fevral kuni Sochida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, muzokaralar chog‘ida Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishning asosiy masalalari muhokama qilinadi. 

Matbuot xizmatining xabar berishicha, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi yirik qo‘shma loyihalarga, shuningdek, Ittifoq davlati doirasidagi integratsiya jarayonlarini ilgari surishga e’tibor qaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing