Putin va Lukashenko murosaga keldi

Olam

image

Rossiya va Belarus neft-gaz yetkazib berish bo‘yicha bir yillik kelishuvga erishdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, neft yetkazib berish avvalgi savdo kelishuvi bo‘yicha, gaz eksporti o‘tgan yildagi shartlarda amalga oshiriladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Sochidagi uchrashuvi yakunida shunday kelishuvga erishgan.

Kozak tomonlar gaz yetkazib berish bo‘yicha 2019 yildagi shartlarni saqlab qolishga qaror qilgan. Ammo bu kelishuv faqat 2020 yil uchun bo‘lib, yil yakunida yana gaz va neft muammosi boshlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

gaz neft' Rossiya-Belarus'

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing