Putin va Lukashenko fevral oyida ko‘rishishi mumkin
Olam
−
11 fevral 2021
2170Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin hamda Aleksandr Lukashenko fevral oyining oxirida Sochida uchrashishi mumkin. Bu haqda Rossiya davlat idoralariga asoslanib xabar berilgan.
Manbaga ko‘ra, uchrashuvning aniq sanasi bo‘yicha hali kelishuvga erishilmagan. U 22 yoki 25 fevral kuni o‘tkazilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, tomonlar Rossiya Federatsiyasi tomonidan Belarusga yangi kredit berish masalasini muhokama qilishi mumkin.
Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbarlarining uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqlagan.
Ma’lumot o‘rnida, yanvar oyida Putin va Lukashenko telefon orqali muloqot qilgan va koronavirusga qarshi kurash borasida suhbatlashgan.
LiveBarchasi