Putin va Erdo‘g‘an Turkiyadagi ilk AESning uchinchi bloki qurilishini boshlab berdi
Olam
−
10 mart 2021
4832Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyadagi “Akkuyu” atom elektr stansiyasining (AES) uchinchi bloki uchun “birinchi beton”ni quyishni boshlab berdi.
O‘rta yer dengizi sohilida Mersin viloyatida barpo etilayotgan “Akkuyu” AESni Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi qurmoqda. Putin tantanali marosimda videokonferens aloqa orqali qatnashgan.
Turkiyadagi birinchi AES Moskva va Anqara o‘rtasida 2010 yil may oyida imzolangan hukumatlararo bitim asosida qurilmoqda.
AESga 99 foizdan ortiq ulushi “Rosatom”ga tegishli bo‘lgan “Akkuyu Nukler” kompaniyasi javobgar hisoblanadi. “Akkuyu” AES har biri 1200 MVt quvvatga ega to‘rtta energiya blokidan iborat bo‘ladi. Qurilishi yakunlangach, stansiya yiliga 35 mlrd kVt soat energiya ishlab chiqaradi.
“Akkuyu” AESning birinchi bloki qurilishi 2018 yil aprelda boshlangan va 2020 yil iyungacha davom etgan. AESning birinchi blokini Turkiya Respublikasining 100 yilligiga, 2023 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Rosatom” davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda ham AES quradi. O‘zbekistondagi ilk AES har birining quvvati 1 ming 200 MVt bo‘lgan ikkita energoblokdan iborat bo‘ladi. Stansiya qurilishi uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydon tanlandi.
LiveBarchasi