Putin Erdo‘g‘an bilan uchrashdi (video)

Olam

image

Bugun, 19 iyul kuni “Ostona jarayoni” sammitida ishtirok etish uchun Eron poytaxti Tehronga borgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri ilk yuzma-yuz uchrashuv Tehron xalqaro anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan. Yakkama-yakka uchrashuv oldidan ikki yetakchi qo‘l berib ko‘rishgan va matbuot vakillariga qisqa nutq so‘zlagan.

O‘z nutqini minnatdorlik bilan boshlagan Erdo‘g‘an, Rossiya bilan diplomatiyani telefon orqali davom ettirganini eslagan.

“Rossiya delegatsiyasining oxirgi Istanbul uchrashuvlariga yondashuvi juda ijobiy bo‘ldi. Ijobiy ta’sir ko‘rsatadi degan uimddaman. Shaxsan men delegatsiyam nomidan sizga minnatdorlik bildiraman. Uchrashuvlarimiz samarali bo‘lishiga umid qilaman”, deya ta’kidladgan Erdo‘g‘an.

Ikki davlat yetakchilari Ukraina g‘allasini eksport qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Qora dengiz portlaridan Ukraina g‘allasini eksport qilish bilan bog‘liq barcha masalalar hali hal etilmagan, biroq harakat borligi yaxshi.  

Putin Erdo‘g‘anga Qora dengiz orqali g‘alla eksporti muammolari bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarda turk platformasini taqdim etishdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan. 

“Sizning vositachiligingiz bilan biz oldinga qadam tashladik. To‘g‘ri, hali hamma masalalar hal etilmagan, lekin allaqachon harakat boshlangani yaxshi”, deydi Putin.

Ma’lumot uchun, Prezident Erdo‘g‘an va Putin oxirgi marta 2021 yil 29 sentyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida yuzma-yuz uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

682

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made