Putin va Erdo‘g‘an Ostonada uchrashadi
Olam
−
11 Oktabr 2022
3829Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 13 oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashib, Ukraina va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladi. Bu haqda RF Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Ha, aniqlik kiritildi, haqiqatan ham uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, lekin ertaga emas, indinga.
Albatta, tushuncha bor, mavzu aniq – bu Ukraina ham, ikki tomonlama munosabatlar ham, ular ham juda, juda ko‘p qirrali va umuman olganda, dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashiniladi”, deydi Peskov jurnalistlarga.
Avvalroq Turkiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. U ikki davlat munosabatlari haqida batafsil gaplashib olishni niyat qilgan.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston poytaxtida 12-14 oktyabr kunlari MDH sammitlari, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, shuningdek, davlat rahbarlarining “Rossiya – Markaziy Osiyo” formatidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi