Putin va Erdo‘g‘an nimalarni muhokama qildi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda  Kreml veb-saytida xabar berilgan.  

Xabarga ko‘ra, davlatlar rahbarlari COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish masalalari haqida gaplashgan. 

Ta’kidlanishicha, tomonlar suhbat davomida "Sputnik V" vaksinasini birgalikda ishlab chiqarishga tayyorligini bildirgan. 

"Erdo‘g‘an epidemiyaga qarshi Turkiya Hukumati tomonidan olib borilayotgan choralar haqida gapirdi. Xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir. Turkiyaga tashrif buyurgan Rossiya fuqarolarining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida eng yaqin aloqalarni saqlashga kelishib olindi", deyilgan xabarda. 

"Chet ellik sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri, Rossiya fuqarolarining sog‘lig‘ini muhofaza qilish uchun hamma narsa qilinmoqda", degan Erdo‘g‘an. 

 

Shuningdek, Putin Erdo‘g‘an bilan muqolotda Ukrainadagi ichki ziddiyatni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bayon qilgan.

Suhbat davomida Rossiya Federatsiyasi va Turkiya Prezidentlari Suriyadagi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tgan. 

Putin va Erdo‘g‘an vaziyatni barqarorlashtirishda va muzokaralarni yo‘lga qo‘yishda Rossiya va Turkiyaning roli muhim ekanini ta’kidlagan.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilgani haqida xabar berilgandi. Ular suhbat chog‘ida Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyat, Ozarbayjon, Rossiya Prezidentlari va Armaniston Bosh vazirining 2020 yil 10 noyabr va joriy yil 11 yanvardagi bayonotlariga muvofiq holda vaziyatni yanada barqarorlashtirish masalalarini muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

151

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing