Putin va Bayden uchrashuvi qanchaga tushgani hisoblandi

Olam

image

Shveysariyaning Jeneva kantoni Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin hamda Jo Bayden uchrashuvini o‘tkazish uchun sarflangan xarajatlarni hisoblashni yakunlamoqda, uning umumiy miqdori 10 million dollardan oshishi mumkin. Bu haqda ma’muriyat matbuot xizmati rahbari Emmanuel Kueno xabar bergan.  

“Rossiya-AQSH sammiti uchun kanton xarajatlarining hisob-kitobi yakunlanmoqda”, degan u. 

Kuenoning qo‘shimcha qilishicha, bundan oldin sammitga sarflangan mablag‘ haqidagi dastlabki ma’lumotlar e’lon qilingan.

Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, sammit davomida xavfsizlikni ta’minlash 5,176 million frankga tushgan. Bu mablag‘ kanton politsiyasi, qo‘shni kantonlardan jalb qilingan xavfsizlik kuchlari, ularning turar joylari va transportlari uchun sarflangan. Bu xarajatlarning bir qismi Federal politsiya tomonidan qoplanadi.

Yana 222 658 frank protokol xizmatlariga, 518 ming sammitning xavfsizlik perimetrida joylashgan turli tashkilotlarning bir kunlik ish vaqtining uzilishlarini qoplashga sarflangan. 

Shuningdek, sammitni yoritgan jurnalistlarni tashish va ovqatlantirish uchun 3 million frank sarflangan. 

“Siz tushunganingizdek, bularning barchasi dastlabki hisob-kitoblar, yakuniy ma’lumotlar 10-15 foizga oshishi mumkin. Hisob-kitoblar tugagach, ular sentyabr oyining oxirida Federal organlarga yuboriladi”, deya qo‘shimcha qilgan Kueno. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya-AQSH sammiti bo‘lib o‘tdi. La Granj qasrida bo‘lib o‘tgan Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi yuzma-yuz uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning ko‘plab qirralari muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

474

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing