Putin va Bayden bir-biriga qanday sovg‘a ulashdi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerika rahbari Jo Baydenga yozuvlar to‘plamini sovg‘a qildi. Bu haqda Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan.  

“Moskva” xoxloma yozuvlari to‘plami”, degan Peskov “Interfaks” nashrining tegishli savoliga javoban. 

Bayden esa Putinga buyurtma asosida tayyorlangan quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak va billur haykal sovg‘a qilgan. 

“Prezident Bayden Prezident Putinga Randolph USA tomonidan tayyorlangan aviator ko‘zoynaklarini sovg‘a qildi”, deya xabar bergan AQSH ma’muriyati rasmiysi. 

Uning ta’kidlashicha, 1978 yildan beri ushbu kompaniya qiruvchi uchuvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus ko‘zoynaklar ishlab chiqarishni boshlagan. O‘shandan beri Randolph USA AQSH harbiylari va NATO ittifoqchilarini “yuqori sifatli va ishonchli aviatorlar” bilan ta’minlab keladi. 

Oq uy vakilining ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Putinga sovg‘a qilgan haykal Amerikadagi eng obro‘li sutemizuvchilarning ulug‘vor talqini bo‘lib, u kuch, birlik va barqarorlik ma’nolarini anglatadi. 

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 16 iyun kuni Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Jenevada uchrashdi. Muzokaralar ikki qismdan iborat bo‘ldi: tor va kengaytirilgan tarkibda. Umuman olganda, uchrashuv taxminan 4,5 soat davom etdi. Shundan so‘ng, alohida matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tdi: jurnalistlar bilan birinchi Rossiya rahbari, so‘ng Amerika rahbari suhbatlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

379

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing