Putin va Aliyev Bishkekda “nozik masala”da gaplashib oldi 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev Bishkekda uchrashdi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, suhbatning asosiy mavzularidan biri tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘lgan.

Ozarbayjon Prezidenti suhbat avvalida ikki mamlakatning savdo, sanoat va transport sohasiga oid loyihalaridagi natijalarni qayd etib o‘tgan. Keyin Aliyev mintaqaviy masalalar va xavfsizlik masalalarini ko‘rib chiqishni taklif qilgan. 

“Birinchi masala – Qorabog‘ atrofidagi vaziyat, ammo bizning yana bir kun tartibimiz bor, bu ancha keng. Men suhbatimizni quyidagicha tuzishni taklif qilaman: Ehtimol, biz hamkasblarimiz bilan gaplashish va suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun ikkinchi qismdan boshlaymiz. Keyin biz yuzma-yuz qolib, gaplashamiz, jumladan, nozik masalalar haqida gaplashamiz”, deydi Putin.

Rossiya tomonidan muzokaralarda Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk, Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov, Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari Aleksandr Fomin ishtirok etgan. Ozarbayjon delegatsiyasi tarkibiga Bosh vazir o‘rinbosari Shahin Mustafoyev, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov, Prezident yordamchisi Hikmat Hojiyev, Mudofaa vaziri Zakir Hasanov va Iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov kirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 oktyabr kuni Rossiya rahbari Vladimir Putin Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov bilan uchrashgandi. Shuningdek, bugun, 13 oktyabr kuni Rossiya yetakchisi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Bishkekda uchrashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev tan olinmagan Tog'li Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing