Putin va Abbos Novo-Ogarevoda muzokara o‘tkazmoqda

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Novo-Ogarevodagi qarorgohida Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Muzokaralarda Rossiya tomonidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh boshqarmasi boshlig‘i – Bosh shtab boshlig‘ining o‘rinbosari Igor Kostyukov, Falastin ma’muriyatidagi Rossiya vakili Gocha Buachidze va Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiyaning Rossiya qismiga rahbarlik qiluvchi Mehnat vaziri Anton Kotyakovga ham ishtirok etmoqda. 

Falastin tomonidan – Fuqarolik ishlari vaziri, Bosh razvedka xizmati rahbari, Falastinning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi va Prezidentning diplomatik masalalar bo‘yicha maslahatchisi qatnashmoqda.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi, shuningdek, Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi va G‘azo sektoridagi misli ko‘rilmagan gumanitar falokat munosabati bilan Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashadi.

Mojaro asosiy muhokama mavzusiga aylanishi kutilmoqda. Uchrashuv nafaqat Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan operatsiyasi, balki Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning o‘limi fonida ham o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Falastin Mahmud Abbos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made