Putin o‘zini koronavirusdan qanday himoya qilyapti?

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va uning administratsiyasi barcha sanitariya me’yorlariga rioya qilmoqda. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya Prezidenti shaxsiy aloqalarni minimallashtirgan. Suhbatdoshlar orasidagi masofani saqlash ham yo‘lga qo‘yilgan.

Peskovning ma’lum qilishicha, Prezident huzuriga hozirda koronavirusga test topshirgan odamgina kira oladi. Peskov, ularning ko‘pchiligi ishonchli odamlar hisoblanishini aytdi.

“Umuman olganda, uni shaxsan ko‘rishga kelganlar ishonchli odamlardir“, deydi matbuot kotibi.

Shuningdek, u o‘zi va ba’zi ma’muriyat xodimlari haftada bir necha marta koronavirus tekshiruvidan o‘tishini ta’kidladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 87 147 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 7 346 nafari sog‘aygan, 794 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 79 007 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

236

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing