Putin o‘ziga o‘zi qaror chiqardi. U yana uzoq muddat prezidentlikda qolishi mumkin

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘ziga yana ikki muddat davlat rahbari lavozimini egallash huquqini beruvchi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat bugun, 5 aprel kuni rasmiy huquqiy internet-portalida e’lon qilindi.

Rossiya Konstitutsiyasining yangiliklaridan biri – 2 martadan ortiq davlat rahbari lavozimini egallash bo‘yicha cheklov amaldagi Prezidentga avvalgi saylangan muddatlarni hisobga olmagan holda qo‘llaniladi. Shunday qilib, ushbu norma Putinga yana ikki muddat prezidentlik lavozimini egallashga imkon beradi.

Qonun Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish maqsadida ishlab chiqilgan. Uning loyihasi deputatlar Pavel Krasheninnikov, Olga Savastyanova, shuningdek Federatsiya Kengashi a’zosi Andrey Klishas tomonidan Davlat Dumasiga kiritilgan. 

Qonun loyihasida prezidentlikka nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar ham ko‘rsatilgan. Shunday qilib, ushbu lavozimga kamida 35 yoshda bo‘lgan, Rossiyada kamida 25 yil doimiy yashagan va hech qachon chet el fuqaroligi yoki yashash uchun ruxsatnomasini olmagan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi da’vo qilishi mumkin.

Agar Putin ushbu huquqdan foydalansa, uning vakolat muddati 2036 yilgacha uzayadi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada kelgusi prezidentlik saylovlari 2024 yilda o‘tkaziladi. So‘nggisi esa 2018 yilda bo‘lgan va unda amaldagi Prezident Vladimir Putin 76,69 foiz ovoz bilan g‘olib chiqqan.

Bungacha Putin 2000, 2004 va 2012 yilgi saylovlarda qatnashib g‘alaba qozongan. Bugungi qarordan so‘ng, unda 2024 va 2030 yilgi Rossiya prezidentligi uchun saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Birgina Dmitriy Medvedevning 2008-2012 yillardagi rahbarligi hisobga olinmasa, Vladimir Putin 1999 yildan to hozirgi vaqtga qadar dunyodagi eng yirik davlatni boshqarib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin 2036

Baholaganlar

404

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing