Putin o‘zi e’lon qilgan sulhni o‘zi buzmoqda – Ukraina Prezidenti devoni

Olam

image

Moskva Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rojdestvo  sabab e’lon qilgan 36 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish rejmiga amal qilmayapti. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva tomonidan e’lon qilingan Rojdestvo sulhi ibtidoiy behayo yolg‘ondir. 

“6 yanvar. Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish. Sovuq bomba boshpanalarida bolalar. Xersonda o‘t o‘chirish bo‘limiga hujum qilindi. Bu rus “sulh”ining mohiyatidir. Sukunatni taqlid qilib, orqada o‘ldiring. Hech qachon Rossiyaning so‘zlarini jiddiy qabul qilmang. Bu har doim ibtidoiy beadab aldashdir”, deb yozdi Podolyak Twitter’da. 

Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov 6 yanvar Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan 7 yanvar kuni soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi tomonlar o‘rtasidagi barcha aloqa chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimi joriy etilganini ma’lum qilgandi. 

Shu bilan birga, u Ukrainani rus qo‘shinlari o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilganiga qaramay, aholi punktlari va rus armiyasi pozitsiyalarini o‘qqa tutishda davom etishda aybladi. 

“Rossiya qo‘shinlari guruhi bugun, 6 yanvar, Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilganiga qaramay, Kiyev rejimi aholi punktlari va rus qo‘shinlarining pozitsiyalarini o‘qqa tutishda davom etdi”, deydi Konashenkov. 

5 yanvar kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 6 yanvar Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan 7 yanvar kuni soat 00:00 ga qadar “butun aloqa chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini” joriy etishni buyurdi. 

Rossiya rahbari Ukrainani ham shunday qilishga undagan. 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonining Rojdestvo bayrami uchun sulh haqidagi bayonotini Ukraina armiyasining olg‘a siljishini to‘xtatish va Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalariga texnika, o‘q-dorilar va safarbar qilingan harbiy xizmatchilarni yaqinlashtirish uchun niqob deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing