Putin O‘zbekiston va Qozog‘istonga qanday ittifoqni taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
29 noyabr 2022
30876Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklif qilayotgan Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqi gaz bo‘yicha bo‘lib, unda Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish maqsad qilinyapti. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Ruslan Jeldibay ma’lum qildi.
Gap shundaki, kecha, 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Qozog‘iston Prezidentining ma’lum qilishicha, Putin To‘qayevga Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqini tuzishni taklif qilgan. Qozog‘iston rahbari bu haqda gapirarkan, gap aynan qanday ittifoq haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab noroziliklar, jamoaviy bahslarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, tarmoqning o‘zbek segmentida jamoatchilik faollari Rossiya bilan ittifoqqa kirishga qarshi chiqishni boshladi.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Ruslan Jeldibayning ma’lum qilishicha, Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlarining Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan iborat “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni tashkil etish haqida gap ketgan.
“Prezidentlar Qosim-Jomart To‘qayev va Vladimir Putin ushbu masalaga barcha manfaatdor tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda oqilona yechim topish uchun uch davlat ekspertlari ishtirokida batafsil muzokaralar olib borish zarur, deb hisoblaydilar”, deydi Jeldibay.
LiveBarchasi