Putin urushdagi askarlari uchun jamg‘arma tashkil etdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasida "Vatan himoyachilari" deb nomlangan Ukrainadagi urush ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma tashkil etildi. Bu haqdagi farmonni mamlakat Prezidenti Vladimir Putin imzolagan.

E’lon qilingan hujjatga ko‘ra, jamg‘arma “maxsus harbiy operatsiya” ishtirokchilari va oila a’zolarining munosib hayoti va faol mehnatini ta’minlash uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.

Jamg‘armaning ta’sischisi Rossiya hukumati hisoblanadi. Jamg‘armaning faoliyati va uning mulkini shakllantirish federal byudjet mablag‘lari, ixtiyoriy mulkiy badallar va xayriyalar, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Jamg‘arma kuzatuv kengashi (fondning oliy kollegial organi), vasiylik kengashi, fond kengashi, fondning raisi va fondning ekspert kengashidan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Ukrainadagi bosqinga bahorgi safarbarlik doirasida urushga yollanuvchilarga bosib o‘tgan har bir kilometri uchun 650 dollar miqdorida mukofot taklif qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

jamg'arma Putin urushdagi askarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing