Putin ukrainlarni majburiy assimilyatsiya qilmoqchi – ISW
Olam
−
31 avgust 2022
10734Ukraina armiyasining harakatlari Ukraina janubida havo zarbalari va quruqlikdagi operatsiyalarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli qarshi hujumga tayyorligini ko‘rsatadi, ammo buni amalga oshirish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Bu haqda Amerika Urushni o‘rganish institutining (ISW) kunlik hisobotida so‘z boradi.
Ukraina kuchlari 29 avgust kuni Dnepr bo‘ylab Rossiyaning ponton o‘tish joylariga hujum qila boshladi. Mutaxassislarning fikricha, bu Ukrainaning qarshi hujumi haqiqatdan boshlanganidan dalolat beradi. Bunday o‘tish joylarini yo‘q qilish oqibatlari ko‘priklarni yo‘q qilish kabi jiddiy emas, shuning uchun ularga quruqlikdagi faol operatsiyalar bilan birgalikda hujum qilish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Ukraina harbiylari uzoq vaqtdan beri Rossiya kuchlariga qarshi hujumni boshlashdan oldin ularni ta’minotdan uzib qo‘yishga harakat qilyapti. Bu, ehtimol, ular havo hujumlari va quruqlikdagi operatsiyalardan foydalangan holda davomli hujumga tayyorligini ko‘rsatishi mumkin.
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Ukrainaning qarshi hujumi to‘g‘ri bajarilishi uchun vaqt talab qilinidigan jarayondir.
Rossiya kuchlari Ukraina janubidagi pozitsiyalarini o‘zgartirishda davom etmoqda. Bunga ukrain harbiylarining davom etayotgan qarshi hujumi va Ukrainaning sharq tomon boshlanadigan ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik uchun bo‘lishi mumkin. Xususan, Rossiya kuchlari Qrim va Melitopoldan yirik harbiy texnikalarni olib chiqishda davom etmoqda. Shu tariqa, Ukrainaning qarshi hujumi, jang maydonida rus qo‘shinlarining qayta joylashtirilishi olib kelishi mumkin.
Hisobotda qayd etilishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ukrainlarning madaniy o‘ziga xosligini yo‘q qilish uchun Rossiyadagi ko‘chirilgan ukrainaliklarni majburiy madaniy assimilyatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Mutaxassislar Etnik ishlar bo‘yicha federal agentlik rahbari Igor Barinovning “migrantlar uchun moslashish markazlari”ni yaratish zarurligi haqidagi bayonotiga ishora qilmoqda.
LiveBarchasi