Putin Ukrainaning ikki viloyati “mustaqilligi”ni tan oldi

Olam

image

Rossiya Ukrainaning bosib olingan Zaporoje va Xerson viloyatlarining “mustaqilligi”ni tan oldi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tegishli farmonlari bugun, 30 sentyabr kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

“Zaporoje viloyatining davlat suvereniteti va mustaqilligi tan olinsin”, deyiladi farmonlardan birida. Yana bir hujjatda Putin “Xerson viloyatining davlat suvereniteti va mustaqilligini tan olish”ga qaror qildi. Farmonlar imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Hujjatlarda iddao qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ushbu qarorni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga muvofiq, BMT Nizomida mustahkamlangan xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyilini tan olgan va tasdiqlagan holda qabul qilgan. DXR va LXR mustaqilligini Rossiya joriy yilning fevral oyida tan olgan va uning ortidan urush boshlangandi.

RF Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, bugun, 30 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 15:00 da Putin Kremlda to‘rtta yangi hudud – tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi haqidagi kelishuvlarni imzolaydi.

Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha bir tomonlama referendumlar 23 sentyabr kuni bir vaqtning o‘zida to‘rtta mintaqada – DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida boshlandi. Referendum 27 sentyabr kuni barcha hududlarda ovoz berish yakunlandi. 

Rossiya Federatsiyasidagi saylov uchastkalaridan olingan natijalar

100% protokollarni qayta ishlash natijalari bo‘yicha DXRning Rossiyaga qo‘shilishi 98,69% saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 

Protokollarning 100% qayta ishlanishi natijasida LXRning Rossiyaga qo‘shilishi 97,93% saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 

100% protokollarni qayta ishlash natijalari bo‘yicha Zaporoje viloyatining Rossiya Federatsiyasiga kirishi 97,81% saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 

100% protokollarni qayta ishlash natijalari bo‘yicha Xerson viloyatining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi 96,75% saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing