Putin ukrainaliklarni “ruslashtirish”ni tezlatishga qaror qildi
Olam
−
11 iyul 2022
12105Endi Rossiya fuqaroligini olishning soddalashtirilgan tartibi Ukrainaning barcha aholisi uchun amal qiladi. Bu haqda kecha, 10 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolagan “Soddalashtirilgan tartibda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilish uchun ariza berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalarini gumanitar maqsadlarda aniqlash to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan.
Tegishli farmon bilan ilgari, tan olinmagan Donetsk Xalq Respublikasi, Lugansk Xalq Respublikasi, Ukrainaning Zaporoje va Xerson viloyati hududida doimiy yashovchi aholi soddalashtirilgan tartibda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olishini nazarda tutgan hujjatga o‘zgartirishlar kiritildi.
Yangi tartibga ko‘ra, “Ukraina, DXR va LXR hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar” RF fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish uchun ariza berishlari mumkin.
Endilikda Ukrainaning istalgan hududida yashovchi odam migratsiya kartasiga ega bo‘lsa soddalashtirilgan tartibda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilinishi uchun ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Putinning 2019 yildagi farmoni bilan DXR va LXR rezidentlari uchun Rossiya fuqaroligini olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgandi. Joriy yilning may oyi oxirida farmonga o‘zgartirishlar kiritildi, unga ko‘ra Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan shaklda qabul qilish Ukrainaning Zaporoje va Xerson viloyatlari aholisiga ham tatbiq etildi.
Abdulvohid Yoqubov
LiveBarchasi