Putin Ukrainaga ballistik raketa bilan zarba berilganini tasdiqladi
Olam
−
22 noyabr
8483Kecha, 21 noyabr kuni Rossiya o‘zining o‘rta masofali “Oreshnik” raketasini Ukrainadagi ob’ektga qarata uchirdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zining televizion murojaatida ma’lum qildi.
Putin Rossiya o‘zini mamlakat hududiga qarata qurol ishlatayotgan davlatlarning harbiy ob’ektlariga qarshi qurol ishlatishga haqli deb hisoblashini aytgan.
“Rossiya Qurolli kuchlari 21 noyabr kuni Ukraina harbiy-sanoat majmuasi ob’ektlaridan biriga hujum uyushtirdi. Rossiyaning eng yangi o‘rta masofali raketa tizimlaridan biri ham jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tkazildi. Ushbu holatda, yadroviy bo‘lmagan gipertovushli jihozlangan ballistik raketadan foydalanildi”, deydi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan, armiya ko‘zlangan maqsadga erishgan. Xususan, Dnepropetrovskda Sovet ittifoqi davridan beri eng yirik va mashhur sanoat majmualaridan biri bo‘lgan, bugungi kunda raketa texnologiyalari va boshqa qurollar ishlab chiqaradigan Yujmash zavodi zarar ko‘rgan.
Putinga ko‘ra, Rossiya Amerika va Britaniyada ishlab chiqarilgan qurollarning mamlakat hududiga hujumlariga javoban “Oreshnik”dan foydalangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Mudofaa kuchlari birinchi marta ATACMS ballistik raketalari bilan Rossiya hududiga hujum qilgandi.
LiveBarchasi