Putin Ukrainaga hujum qilmaslikka va’da berdi – Makron

Olam

image
Makron Putinning hafsalasi pir bo‘lgan uchrashuvdan mamnun. U Ukrainaga yo‘l olmoqda north_east

Makron Putinning hafsalasi pir bo‘lgan uchrashuvdan mamnun. U Ukrainaga yo‘l olmoqda

Rossiya-Ukraina mojarosi ortidan kecha, 7 fevral kuni Moskvada Prezident Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bugun, 8 fevral kuni amaliy tashrif bilan Ukrainada bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

Ukraina rahbari bilan uchrashgan Makronga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga hujum qilmaydi. Uning bildirishicha, kecha muzokaralar davomida Putin Ukrainaga hujum amalga oshirilmasligi haqida so‘z bergan. 

“Menga hech qanday keskinlashuv yoki hujum bo‘lmasligi haqida va’da berishdi”, degan Makron Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv avvalida. 

Ma’lumot uchun, kecha Fransiya va Rossiya rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar 6 soatdan ortiq davom etgan.

Makronning ta’kidlashicha, “kechagi muzokaralar ikki tomon o‘rtasida erishiladigan kelishuv uchun hal qiluvchi rol o‘ynaydi”. 

Bundan tashqari, tomonlar xavfsizlik masalasida hali yana muzokaralarni davom ettirishadi. Putin ham tomonlar murosaga kelayotgani va Makron ilgari surgan takliflar yangi qo‘shma harakatlar uchun asos bo‘lishini ta’kidlagan.

Rasmiy Parijning ochiqlashicha, G‘arb va Moskva o‘rtasida Rossiyaning chegaradagi harbiylari, Ukraina bilan bog‘liq vaziyat va Kollektiv xavfsizlik masalasida keng qamrovli muzokaralar o‘tkaziladi. 

Ammo Kreml hozircha muzokaralar haqida ortiqcha ma’lumotlarni ochiqlamadi. Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiya chegaradagi qo‘shinlarini ortga qaytaradi, ammo, uning aynan qachon sodir bo‘lishi noaniq. 

Bundan tashqari, Moskva umuman urush bo‘lmasligi haqidagi xabarlarni tasdiqlagani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Vladimir Zelenskiy Emmanuel' Makron

Baholaganlar

574

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing