Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi nimaga bog‘liqligini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralar boshlanishi rasmiy Kiyevning erishilgan kelishuvlarni bajarish istagiga bog‘liq. Bu haqda Prezident Vladimir Putin Tehronda jurnalistlarning savollariga javob berib aytib o‘tdi, deya xabar berdi TASS.

“Biz bugun Kiyev hukumatida bunday xohish yo‘qligini ko‘ryapmiz”, degan Putin.

Putinning aytishicha, mart oyi oxirida Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Moskva va Kiyev “aslida kelishuvga erishdilar, faqat uni ishga tushirishgina qoladi”, biroq Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning markaziy mintaqalaridan olib chiqib ketilgandan so‘ng, Kiyev rasmiylari kelishuvlarni amalga oshirishdan bosh tortdi.

RF Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, vositachilik xizmatlarini nafaqat Turkiya, balki Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari ham taklif qilgan, buning uchun Rossiya ulardan minnatdor.

“Hatto bu ezgu ishga qandaydir hissa qo‘shish istagi ham allaqachon qimmatga tushadi”, degan Putin.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 iyul kuni Tehronda Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlarining Suriyada tinchlik va barqarorlik o‘rnatish bo‘yicha uch tomonlama muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

643

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing