Putin Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish shartlarini aytdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun zarur deb bilgan asosiy shartlarini sanab o‘tdi. Bu haqda Rossiya rahbari “Sky News Arabia” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiya nazoratiga o‘tgan to‘rtta hududdagi referendum natijalarini tan olishi lozim. U shuningdek, Ukraina hududidagi rus tilida so‘zlashuvchi aholi huquqlarini himoya qilish zarurligini ta’kidlagan.

Rossiya yetakchisining fikricha, Kiyev o‘z xalqining manfaatlari yo‘lida harakat qilishi kerak. 

Putinning tinchlik uchun belgilagan yana bir sharti – Ukrainaning neytral maqomini tan olishi va yadro qurolidan voz kechishidir. U shuningdek, Ukraina rahbariyati tarkibida “natsistlar unsurlarining” bo‘lishi mumkin emasligini ham aytib o‘tgan.

Rossiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina xalqi Rossiya bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolishdan manfaatdor. 

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin kecha, 20 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) Rossiyaning Sumi shahrini bosib olishga urinishini istisno etmagandi. 

Qolaversa, davlat rahbari rus va ukrain xalqlarini bir xalq deb bilishi, shu ma’noda butun Ukraina Rossiyaniki ekani haqida ham gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing