Putin To‘qayevni qanday tabrikladi?

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda Rossiya davlati rahbari Qosim-Jomart To‘qayevga Qozog‘iston Prezidenti etib qayta saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrikda ma’lum qildi. Murojaat matni bugun, 21 noyabr kuni Kreml saytida e’lon qilindi. 

“Vatandoshlaringizdan siz olg‘a surayotgan davlat taraqqiyoti yo‘nalishini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadigan ishonchli mandatni oldingiz”, deydi Putin To‘qayevga murojaat qilib. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat an’analariga asoslangan mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari juda muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganini ta’kidlagan.  

“Biz ularni yaxshilash bo‘yicha hamkorlikda ishlashda davom etamiz”, deb ishontirdi Rossiya rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev saylovchilarning 80 foizdan ortiq ovozini olib, g‘alaba qozondi. 

Qozog‘istonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq 1 sentyabr kuni To‘qayev xalqqa murojaatida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi. 17 sentyabr kuni u konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolab, prezident vakolatlarini yetti yillik qayta saylanmaslik muddati bilan chekladi. Ilgari respublika rahbari besh yil ketma-ket ikki muddatga saylanishi mumkin edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

193

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing