Putin tug‘ilgan kunida qanday sovg‘alar oldi?
Olam
−
10 Oktabr 12377 1 daqiqa
Joriy yil 7 oktyabr kuni 73 yoshni qarshilagan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tug‘ilgan kunida harbiylar hamrohligida Pyotr I dan boshlab rus imperatorlari dafn etilgan Petropavl soboriga bordi. O‘sha kuni Putin harbiylar bilan kengash o‘tkazdi. Keyin ular bilan tushlik qildi. Tug‘ilgan kunda Putinga sovg‘alar ham berildi. Rossiya yetakchisi qanday sovg‘alar olganini bugun, 10 oktyabr kuni Dushanbeda o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Turli harbiy mavzulardagi figuralar, kitoblar. Lekin, ehtimol, ikkita sovg‘a juda alohida ahamiyatga ega. Qo‘mondonlardan biri menga ikkita ikona topshirdi – ular bizning jangchilarda bo‘lgan va aynan o‘sha ikonalar ularni o‘limdan asragan. Ularda pulya izlari bor. Shu ikonalarni menga sovg‘a qilishdi. Men ulardan juda minnatdorman, albatta, ularni topaman, gaplashaman”, dedi Putin.
O‘tgan yili 7 oktyabr – Putinning tug‘ilgan kunida Moskvada MDHga a’zo davlatlar rahbarlari uchun norasmiy kechki ovqat tashkil etilgandi. Unda qatnashgan Prezidentlarga palov tortilgan. 2023 yilda esa Putin tug‘ilgan kunini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan nishonlagan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr