Putin tug‘ilgan kuni qanday o‘tganini gapirib berdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zining bu yilgi tug‘ilgan kunida (7 oktyabr) Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari Qosim-Jomart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev bilan rasmiy tadbirlardan so‘ng “birga o‘tirishganini” aytdi.

Aynan shu kuni davlat rahbarlari birgalikda Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazishga start berishdi. Shundan so‘ng, ular Putinning Moskva yaqinidagi (Novo-Ogarevo) qarorgohida o‘tkazilgan tantanali marosimda ishtirok etgan. Rossiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, marosim uning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelmagan – shunchaki “shunday bo‘lib qolgan”.

“Ular [To‘qayev va Mirziyoyev] 7-sanada tushlikka qolishdi. Biz uchovimiz o‘tirdik”, deydi Putin o‘zining tug‘ilgan kunini qanday nishonlagani haqida gapirar ekan.

Avvalroq, Putin 71 yoshini kimlar bilan nishonlashi haqida gapirib bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni Rossiya Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga gaz tranzit qilishni boshladi.

“Bu kichik hajm, ammo bu Qozog‘iston iqtisodiyoti uchun ham, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham juda muhim. Keyin buni ko‘paytirishimiz mumkin”, dedi Putin tranzit haqida fikr bildirar ekan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston O'zbekiston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing