Putin Trampga signal berdi – Peskov

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 13 mart kuni kechqurun Amerika maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi va u orqali AQSH Prezidenti Donald Tramp uchun ma’lumot va “qo‘shimcha signallar”ni yetkazdi.  Bu haqda Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 14 mart kuni matbuot bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSHda mamlakat Prezidentlarining suhbati zarurligi haqida tushuncha bor.

“U (Uitkoff) kecha shu yerda edi, kecha kechqurun u Prezident Putin tomonidan qabul qilindi. Rossiya tomoniga qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etildi. Va, shuningdek, Putinning o‘zi Uitkoff orqali Prezident Tramp uchun ma’lumot va qo‘shimcha signallarni yetkazdi”, degan Peskov.

Ma’lumot uchun, Stiv  Uitkoff kecha, 13 mart kuni Jiddadagi Ukraina va AQSH muzokaralaridan ikki kun o‘tib, Moskvaga yetib keldi.  Muzokaralardan so‘ng Kiyev AQSHning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi. Ushbu taklifni Rossiya tomoni bilan ham muhokama qilish rejalashtirilgan edi. Vladimir Putin va Stiv Uitkoffning muzokaralari yopiq tarzda o‘tdi. AQSH vakilining samolyoti bugun, 14 mart kuni ertalab Moskvadan uchib ketgan.

Donald Trampning maxsus vakili bilan uchrashuvdan oldin Vladimir Putin Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga roziligini, biroq bu uzoq muddatli tinchlikka olib kelishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta nyuanslarni hisobga olish kerak, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatish rejimining saqlanishini kafolatlash masalasi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp Stiv Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing