Putin Tramp bilan gaplashishga tayyor – Peskov
Olam
−
24 yanvar
2233Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan muloqotga tayyor. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan telefon orqali bo‘lgan muloqotda malum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Kreml AQSH tomonidan yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan signallarni kutmoqda.
“Quloq soling, Putin tayyor, biz signallarni kutmoqdamiz, hamma tayyor. Shuning uchun, bu yerda nimadir deyish juda qiyin. Agar biror narsa bo‘lsa, biz sizga xabar beramiz”, degan Peskov.
Qayd etilishicha, 23 yanvar kuni Amerika Prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan “juda tezlikda” uchrashuv o‘tkazish niyati borligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan jang qilish qarori uchun tanqid qilgandi. U, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin u bilan uchrashishni xohlayotgani, ikki o‘rtada imkon qadar tezroq uchrashuv bo‘lishi va Trampga qolsa “hoziroq” uchrashuv o‘tkazmoqchiligi haqida xabar berilgandi. Qolaversa, kecha, 23 yanvar kuni ham Rossiya hukumati AQSH Prezidenti Donald Trampning sanksiyalar tahdidida “yangi elementlar”ni ko‘rmagani va u bilan muloqotga tayyorligini eslatgandi. Unga ko‘ra, Kreml AQSHning yangi Prezidenti Donald Trampning barcha ritorika va bayonotlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.