Putin Tramp bilan ham, Bayden bilan ham bog‘lanmoqchi emas

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH Prezidenti Donald Tramp iste’foga chiqishidan oldin u bilan bog‘lanishni rejalashtirmagan. Bu haqda Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lumot berdi. 

"Hozircha hech qanday aloqalar rejalashtirilmagan. Balki bo‘lishi mumkin, ammo hozircha ular Prezident jadvalida qayd etilmagan", degan Peskov. 

Shuningdek, Peskov AQSHning saylangan davlat rahbari Jo Bayden va uning jamoasi bilan bog‘lanish to‘g‘risidagi savolga ham javob bergan.

"Yo‘q, hozircha yo‘q. Bilasizmi, ularning AQSHda muammolari bor. Hozir ular o‘zlarining ichki muammolari bilan shug‘ullanmoqda", degan Kreml vakili. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda 2020 yil 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka asosiy da’vogarlar - demokrat Jo Bayden va respublikachi Donald Tramp bo‘ldi. Xalq ovozi va saylovchilar ovoziga ko‘ra, saylovlarda Bayden g‘alaba qozondi. AQSHning saylangan Prezidentining inauguratsiya marosimi ertaga, 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin Bayden

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing