Putin terrorizmga qarshi kurashda Avstriyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Olam
−
03 noyabr 2020
3437Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellen va kansler Sebastyan Kursga Venada sodir bo‘lgan terakt munosabati bilan hamdardlik telegrammasini yubordi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya rahbari Avstriya poytaxtidagi hujumni qat’iyan qoraladi hamda uni shafqatsiz va jirkanch jinoyat, deb atadi.
"Terrorizm kuchlari hech kimni qo‘rqitolmaydi, turli xil e’tiqoddagi odamlar o‘rtasida nizo va adovat tarqatmaydi", deb ta’kidladi Rossiya Federatsiyasi rahbari.
Shuningdek, Putin Rossiyaning terrorizmga qarshi kurashda Avstriya va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni oshirishga tayyorligini tasdiqladi.
Avvaroq, Demokratik partiyadan AQSH Prezidentligiga nomzod Jozef Bayden va AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayen mazkur teraktga o‘z fikrini bildirib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr kuni Avstriya poytaxti Venada terakt sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan.
LiveBarchasi