Putin Si Szinpin bilan muloqot qildi
Olam
−
15 dekabr 2021
5631Bugun, 15 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin videoaloqa orqali muloqot o‘tkazdi.
Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv tafsilotlarini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bir yarim soat davom etgan videoaloqada Si Szinpin Putinga Moskva va Pekin o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yo‘qotishga urinishlarga qarshilik ko‘rsatgani uchun minnatdorlik bildirgan. Tomonlar fevral oyida shaxsiy uchrashuv o‘tkazish va Xitoyda o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida birgalikda ishtirok etishdan umidvor ekanliklarini ma’lum qilgan.
Si Szinpin muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar “ittifoqchilik darajasida bo‘lmasa-da”, lekin “kuch va samaradorlik jihatidan” juda ham mustahkam ekanini urg‘ulagan.
Shuningdek, Prezidentlar Putin 2022 yil fevral oyida Xitoyga borishini va mamlakat yetakchisi bilan shaxsan gaplashishi haqida kelishib olgan.