Putin Shavkat Mirziyoyevni mukofotladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi. Tegishli farmon huquqiy axborot portaliga joylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, Mirziyoyev Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun taqdirlangan.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Nevskiy ordeni Rossiya imperiyasi, Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasining mukofotlash tizimlarida (ma’lum o‘zgarishlar bilan) mavjud bo‘lgan yagona mukofotdir. Rossiya imperiyasida 1725-1917 yillarda Avliyo Aleksandr Nevskiy ordeni, SSSRda 1942-1991 yillarda Aleksandr Nevskiy ordeni mavjud edi. 1991 yilda Ittifoq qulagach, Rossiya Prezidenti SSSRdagi mukofotlash tizimini saqlab qolgan.

Aleksandr Nevskiy ordeni bilan davlat xizmatida lavozimlarni egallagan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari davlat qurilishida Vatan oldidagi alohida shaxsiy xizmatlari, ko‘p yillik vijdonan xizmati va xizmat vazifalarini bajarishda erishgan yuqori natijalari, Rossiyaning xalqaro nufuzini, mamlakatning mudofaa qobiliyatini va iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlashda, fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmatlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari iqtisodiyot, ilmiy-tadqiqot, ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy va boshqa ijtimoiy foydali faoliyat turlida yuqori shaxsiy yutuqlari uchun mukofotlanadi.

Aleksandr Nevskiy ordeni bilan harbiy-tibbiyot tashkilotlari harbiy xizmatchilarni sog‘ligini saqlash sohasida erishgan yuksak yutuqlari uchun taqdirlanishi mumkin.

Bundan tashqari, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taniqli xorijiy siyosiy va jamoat arboblari, xorijiy mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 65 yoshni qarshilaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin

Baholaganlar

732

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing