Putin SHHT sammitida qatnashish uchun Qozog‘istonga keldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Uni aeroportda Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov kutib oldi.

Rossiya Prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Putin Ostonada “sammitda ishtirok etuvchi davlat rahbarlari bilan bir qator muhim ikki tomonlama suhbatlar o‘tkazishni” ham rejalashtirgan.

3-4 iyul kunlari Ostonadagi Mustaqillik saroyida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, SHHTga 2001 yilda olti davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Eron, Hindiston va Pokiston qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 iyul kuni Xitoy Raisi Si Szinpin Qozog‘istonga kelgan, uni Ostona aeroportida Prezident Qosim-Jomart To‘qayev kutib olgandi. Bugun, 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Ostonaga boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Vladimir Putin ShHT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing