Putin “Sarmat” ballistik raketalari qachon armiyaga topshirilishini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

“Sarmat” qit’alararo raketalariga ega birinchi majmua 2022 yil oxirida jangovar vazifani bajarishga kirishadi. Bu haqda kecha, 21 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Sarmat” og‘ir qit’alararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Yil oxirida shunday birinchi kompleks jangovar navbatchilikka topshirilishi rejalashtirilgan”, degan Rossiya Prezidenti.

Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya armiyasiga “dunyoda o‘xshashi mavjud bo‘lmagan” S-500 havo mudofaa majmualari ham topshirila boshlangan.

Ukrainaga qarshi urush boshlab qo‘ygan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti qo‘shinlarni yangi qurollar bilan jihozlashni harbiy sohadagi ustuvor vazifalardan biri deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Rossiya Mudofaa vazirligi “Sarmat” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin raketa Sarmat

Baholaganlar

694

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing