Putin sanksiyalar ostida qolganlarning yarasiga malham bo‘ladigan qonunni imzoladi
Olam
−
08 mart 2022
46159Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin sanksiyalar ostidagi fuqarolar va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan qonunni imzoladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilingan, u Rossiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan.
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus mamlakat milliy manfaatlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning nodo‘stona harakatlaridan himoya qilishga qaratilgan.
“Hujjat iqtisodiyot sohasini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida belgilangan ruxsatnoma berish va litsenziyalash tartib-qoidalarini soddalashtirishni belgilaydi, ular davlat va kommunal ehtiyojlarni qondirish uchun tovarlar, xizmatlarni xarid qilishda huquqiy rejimning xususiyatlarini tartibga soladi”, deyiladi xabarda
Eslatib o‘tamiz, bugun, 8 mart kuni Yaponiya hukumati Rossiyaga nisbatan navbatdagi sanksiyalar paketini ma’qulladi.
7 mart kuni esa Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi Rossiyaga, uning kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan nodo‘stona harakatlarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlar va hududlar ro‘yxatini tasdiqlagan edi.
Ro‘yxatga AQSH va Kanada, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya (jumladan, Jersi, Angilya, Britaniya Virjiniya orollari, Gibraltar), Ukraina, Chernogoriya, Shveysariya, Albaniya, Andorra, Islandiya, Lixtenshteyn, Monako, Norvegiya, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, shuningdek, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya, Singapur va Tayvan kiritilgan.
LiveBarchasi