Putin Saida Mirziyoyevaning Rossiyaga tashrifini e’tirof etdi (video)
Olam
−
19 iyun 16618 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi, Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning Rossiyaga tashrifini e’tirof etib, uning yoshlar masalasidagi ishlariga to‘xtaldi. Bu haqda u kecha, 18 iyun kuni dunyoning yetakchi axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
Putin O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko‘chimovning yoshlarga oid aniq loyihalar va yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli uzoq muddatli yoshlar almashinuvi dasturini qabul qilish imkoniyati haqidagi savoliga javoban, yoshlar bilan ishlashning muhimligi va ahamiyatini ta’kidlagan.
“Shavkat Miromonovichning yordamchisi – Saida Shavkatovna yaqinda Moskvada bo‘lib, Hukumatda mening ko‘plab hamkasblarim bilan, Prezident Administratsiyasida uchrashuvlar o‘tkazdi. U aynan Prezident topshirig‘iga binoan yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va yoshlar yo‘nalishini ilgari surishga katta e’tibor qaratmoqda. Bu borada aniq takliflar bor va biz, albatta, barchamiz birgalikda buning ustida ishlaymiz. Bu yo‘nalish (yoshlar masalasi) eng muhim yo‘nalishlardan biri – bu aniq”, degan Putin.
Qayd etish joiz, u mazkur uchrashuvda Rossiya va O‘zbekiston rahbarlari migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishga kelishib olganini ma’lum qilgan edi. Xususan, Putin bu borada yoshlarga e’tibor qaratish muhimligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgust oyida AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Jozef Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llagandi. Bayden o‘z xatida AQSH va O‘zbekiston strategik hamkorligi yo‘lida Mirziyoyev bilan ishlaganidan, uning qizi Saida Mirziyoyevani Vashingtonda kutib olish sharafiga muyassar bo‘lganidan mamnunligini bildirgan.
Live
Barchasi