Putin Rossiyasini qo‘llamagan Meladzening Qirg‘izistondagi konserti bekor qilindi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik qo‘shiqchi, Putin Rossiyasining Ukrainadagi bosqiniga qarshi chiqqan kamsonli madaniyat xodimlaridan biri Valeriy Meladzening Qirg‘izistondagi konserti bekor qilindi. Bu haqda uning prodyuseri Pavel Rudchenko ma’lum qildi. 

Uning fikricha, mamlakat rasmiylari san’atkorning mamlakatda bo‘lgan vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday siyosiy shiorlardan qochishga qaror qilgan. Meladze Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumini yoqlamay, 2022 yilda mamlakatni tark etgan. 

Pavel Rudchenko shuningdek, qo‘shiqchi Sharqiy mamlakatlarda chiqish qilishi taqiqlangan san’atkorlar ro‘yxatiga qo‘shilishi mumkinligiga ishonadi. 

Ta’kidlanishicha, Meladze konsertni Markaziy Osiyo bo‘ylab gastrol safari doirasida o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Tadbirni o‘tkazish uchun u Qozog‘iston va O‘zbekiston rasmiylariga kafolat xatlarini yozishi kerak bo‘lgan. U barcha zarur ishlarni qilgan va o‘z murojaatida “siyosiy haddan tashqari narsalar”ning oldini olishga va’da bergan va bu mamlakatlar xalqlariga bo‘lgan hurmati va chuqur muhabbatini bildirgan.

Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi rossiyalik qo‘shiqchi Valeriy Meladzening Bishkekdagi konserti bekor qilinishiga izoh berdi.

Qayd etilishicha, xorijiy san’atkorlar va ijrochilarning gastrol va konsert faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarga muvofiq, tashkilotchilar vazirlikka barcha zarur hujjatlar bilan birga oldindan yozma so‘rov yuborishlari shart. Shundan so‘ng, san’atkorning o‘z mamlakatida va xalqaro miqyosdagi obro‘si, shuningdek, ularning faoliyatining umum qabul qilingan ijtimoiy axloqiy va huquqiy normalarga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. 

Ayni vaqtda Valeriy Meladze oilasi bilan Ispaniyada istiqomat qilib kelmoqda. Uning 2026 yilgacha rejalashtirilgan barcha konsertlari Rossiyadan tashqarida bo‘lib o‘tmoqda va Rossiya agentliklari endi uning chiqishlarini, hatto, shaxsiy tadbirlar uchun ham buyurtma qila olmaydi. 

Konsertlardan voz kechganiga qaramay, Meladze Rossiyada, jumladan, ko‘chmas mulk ijarasi sohasida biznes manfaatlarini saqlab qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga kelishi oldidan Bishkekdagi Ukraina elchixonasi binosi va uning ro‘parasidagi ko‘cha orqasida joylashgan Qirg‘iziston Prezidenti rezidensiyasi o‘rtasiga ulkan LED-ekran o‘rnatilib, diplomatik vakolatxona binosi oldi to‘sib qo‘yilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Valeriy Meladze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing