Mutlaq hokimiyat havasi: Rossiyada saylov tugash arafasida

Olam

image

Bugun, 1 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumrossiya ovoz berish jarayonining so‘nggi kuni. Prezident Putin barcha karantin qoidalariga rioya qilgan holda 2151-saylov uchastkasiga borib, ovoz berdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. 

RF Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 1 iyul kuni ertalabgacha 58 569 355 fuqaro olti kun davomida umumrossiya ovoz berish jarayonlarida qatnashgan. Bu Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatga olingan saylovchilar umumiy sonining 55,22 foizini tashkil etadi. Bunda yuqori ko‘rsatkich Chechenistonda qayd etilgan – 85,66%.

Shuningdek, Tuva Respublikasida ham ovoz beruvchilarning yuqori – 86,32% ishtiroki qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtgacha ovoz berishda Markaziy saylov komissiyasining maxsus yig‘ilishlarini talab qiladigan jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanmagan. Bu haqda Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova ma’lum qildi.

Barcha hududlarda zarur xavfsizlik talablariga rioya qilinmoqda: kirish joylarida antiseptiklar o‘rnatilgan va barcha fuqarolarning harorati o‘lchanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumrossiya ovoz berish joriy yilning 22 apreliga belgilangan edi, ammo mamlakatdagi epidemiologik vaziyat murakkab bo‘lgani sababli uni keyinga qoldirishga qaror qilindi. Keyinchalik Prezident  Putin ovoz berish 1 iyul kuni bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.

Masofaviy ovoz berishda ikki sinov hududi – Moskva va Nijniy Novgorod viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin. RF Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishlar bo‘yicha masofaviy elektron ovoz berish 25-30 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 yanvar kuni Vladimir Putin parlamentga murojaatida Konstitutsiyaga Prezident va Hukumatning vakolatlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgandi. Ta’kidlash kerakki, Putin murojaatidan keyin RF Hukumati to‘liq tarkibda iste’fo berdi.

Putin aytgan takliflar bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlangandi. Unda avvalo bir odam ikki muddatdan ortiq Rossiya Prezidenti lavozimini egallashini taqiqlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyaga pensiyalarning majburiy indeksatsiya qilinishi kiritiladi hamda ish haqining eng kam miqdori yashash minimumidan past bo‘lmasligi mustahkamlanadi.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti hozircha qabul qilinmagan qonun bo‘yicha maqomi belgilanadigan davlat kengashini tuzishga mas’ul bo‘ladi.

Loyihada yuqori lavozimli amaldorlarga boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lishni taqiqlash, Bosh vazir va Hukumat a’zolarini tasdiqlashni Prezidentdan Davlat dumasiga o‘tkazish va federatsiya kengashiga sudyalarni lavozimidan ozod qilish huquqini berish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rosssiya

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing