Putin Rossiyasi sanksiyalarga qarshi qanday yo‘l tutmoqchi?

Olam

image

Rossiya barcha sanksiyalarga iqtisodiy erkinliklarni kengaytirish va ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish orqali javob beradi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Bosh prokuratura hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“So‘nggi yillarda mamlakatimizga nisbatan haqiqiy sanksiya tajovuzkorligi boshlandi, buni barchangiz yaxshi bilasiz. Ammo Rossiya iqtisodiyoti, mahalliy biznes va tadbirkorlar barcha chaqiriqlarga munosib javob bermoqda. Biz dushmanimizning barcha harakatlariga bir narsa – iqtisodiy erkinliklarni kengaytirish bilan javob berishimiz kerak”, deydi Putin. 

Prezident bularning barchasi qonun doirasida bo‘lishi kerakligini, bu borada prokurorlarning xizmati yuqori bo‘lishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, YeI Rossiyaga qarshi 10-sanksiya paketini qabul qilgan edi. Shuningdek, Kanada hukumati Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar paketini joriy qildi.

Bundan tashqari, Yaponiya Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketi doirasida 48 ta jismoniy shaxs, 73 ta tashkilot va Rosbankka alohida cheklovlar kiritdi, ya’ni ularning Ukrainaga qarshi harakatlari aniqlansa, aktivlari muzlatiladi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Putin sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing