Putin Rossiyaning so‘nib borayotganini aytgan Britaniya razvedkasiga javob qaytardi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 4 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida Buyuk Britaniyaning MI6 Tashqi razvedka xizmati rahbari Richard Murning Rossiya haqidagi keskin bayonotiga javob qaytardi

Britaniya Tashqi razvedkasi rahbari Rossiyani “so‘nib borayotgan kuch” deb atagandi. Bunga javoban Prezident Putin quyidagicha javob qaytardi:

“MI6 rahbari yangi kelgan. O‘ylaymanki, [u] tajriba orttiradi va fikrini o‘zgartiradi, bu birinchi narsa. Ikkinchidan, agar Rossiya so‘nib borayotgan kuch bo‘lsa, unda nimadan tashvishlanish kerak? Shunday ekan, o‘zingizni xotirjam tuting, bundan xavotir olmang va Rossiya-Britaniya munosabatlarini yomonlashtirmang”.

Shu bilan birga, Putin pandemiya davrida ham saqlanib qolgan Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga e’tibor qaratgan. 

“Agar xalaqit berilmasa, unda barchasi yaxshi bo‘ladi. Va, ehtimol, o‘zaro savdo yordamida Rossiya zaiflashayotgan kuchdan farovon mamlakatga aylanar. Rossiya-Buyuk Britaniya munosabatlari ushbu jarayonga mos kelishini xohlar edik”, deya qo‘shimcha qildi Putin.

Avvalroq, aprel oyi oxirida MI6 rahbari Rossiya iqtisodiy va demografik nuqtai nazardan ob’ektiv ravishda so‘nib borayotgan davlat ekanini aytgandi.

Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Britaniya razvedkasi rahbarining bayonotiga javob qaytarishdan tashqari yana bir qator xalqaro masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi. 

Jumladan, u AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan ilk yuzma-yuz uchrashuvda nimalar kun tartibiga chiqishi va muhokama mavzusiga aylanishini ma’lum qildi

Bundan tashqari, Putin so‘nggi paytlarda jahon hamjamiyatining “og‘zidan tushmayotgan” Belarusdagi voqealarga ham munosabat bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

733

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing