Putin Rossiyaning kuchi nimada ekanini aytdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning kuchi uning odamlari va qadriyatlarida deb hisoblaydi. Prezident “Yangi davrlar uchun kuchli g‘oyalar” forumida shunday bayonot berdi.

“Barcha davrlarda Rossiyaning kuchi xalqimizning iste’dodi va qadriyatlarimizga asoslangan. O‘zaro ko‘maklashish va vatanparvarlik qadriyatlarida. Ushbu axloqiy tamoyillar Ulug‘ Vatan urushi xotirasini saqlaydigan ma’rifatparvarlik tashabbuslari, ko‘ngillilar, izlanuvchilik harakatlarida namoyon bo‘ladi”, degan Putin.

Rossiya yetakchisi hozir mamlakat jiddiy sinovlardan o‘tayotganini ta’kidladi. Bu davrda tadbirkorlar, tibbiyot xodimlari va boshqa fuqarolar “hayratlanarli harakatlarni amalga oshiryapti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar orasida kuyinchak odamlar ko‘p. Ta’kidlanishicha, Rossiya davlati ham aynan ularga suyanyapti. Prezident mamlakat fuqarolarini betakror g‘oya va qarorlarni hayotga tadbiq eta oladigan xalq deb hisoblamoqda. U forumdagi nutqida barcha bir bo‘lib Rossiyada qulay hayot qurish mumkinligiga ishonch bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

821

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing