Putin Rossiyani ezishda g‘alaba qildi – “The Economist”

Jamiyat

image

Rossiya Prezidenti Ukrainaga hujumda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmagan bo‘lsa-da, mamlakatda fuqarolik erkinliklarini ezishda g‘alaba qozonib, anchayin ochiq mamlakatni avtokratiyaga aylantirdi. Bu haqda UNIAN “The Economist” nashriga tayanib, yozmoqda.

Ruslar uch oydirki Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirgani haqida ochiq gapirmayapti, lekin ular yangi reallikka: qo‘rquv va xavotirga moslashmoqda. Davlat tashviqot manbalari rossiyaliklarning 81 foizi “maxsus operatsiya”ni qo‘llab-quvvatlayotganini da’vo qilmoqda, ammo mustaqil sotsiologlar guruhiga ko‘ra, aholining 90 foizi siyosiy so‘rovlarda qatnashishdan bosh tortadi.

London Iqtisodiyot maktabi Rossiya armiyasining harakatlarini taxminan 53 foiz aholi qo‘llab-quvvatlashini taxmin qilmoqda. Unga e’tiroz bildirishdan qo‘rqmaydiganlar esa hatto do‘stlari yoki oila a’zolari tomonidan ham tana-dashnomga qolmoqda.

Nashrning yozishicha, Rossiya davlat televideniyesi axborotiga ko‘ra, rus armiyasi tinmay hujum qilgan Mariupol shahri vayron etilmagan, aksincha “ozod qilingan”. Buchadagi vahshiyliklar rus askarlari tomonidan emas, balki Kiyev tomonidan uyushtirilgan. Rossiya Ukrainaga hujum qilmadi - unga G‘arb hujum qildi.

Mahalliy jurnalistning aytishicha, hukumat propogandasi o‘z samarasini bermay qolmayapti.

“U seni to‘liq yutib yuboradi. Biroq senzura va taqiqlar aysberning uchi. Hukumat bosqinning ilk kunlaridayoq mustaqil OAVlarni blokladi, YouTube ham ko‘pga bormaydigan ko‘rinadi”, degan Yelena ismli jurnalist.

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari boshlangach, mamlakatni 200 000 ga yaqin odam tark etgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan e’lon qilingan So‘z erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingida Rossiya 180 davlat orasidan 155-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

586

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing