Putin Rossiyadagi migrantlar bilan bog‘liq muammo haqida gapirdi
Olam
−
15 dekabr 2023
18203Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 14 dekabr kuni Moskvaning Gostiniy dvorida bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda migrantlar bilan bog‘liq muammolarga to‘xtalib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Putin Rossiyada 10 million migrant borligini ma’lum qilgan.
“Bu biz mehnat bozoridagi muammolarni Rossiyaning tub aholisi zarariga hal qilamiz, degani emas. Bizga malakali ishchi kuchi ham, past malakali ishchi kuchi ham kerak. Biz muhojirlar kelayotgan mamlakatlardagi hamkorlar bilan ishlaymiz”, degan u.
Shuningdek, Rossiya Prezidenti barcha migrantlar Rossiya qonunlari va an’analarini hurmat qilishi kerakligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u ayrim maktablarda mahalliy aholidan ko‘ra migrant bolalar ko‘pligi, shuning uchun bu masalalarni oldindan hal qilish zarurligini aytib:
"Bizga bu muammoni to‘laqonli ko‘rib chiqadigan va har bir jihatdan tezkor yechim topadigan maxsus organ kerak. Bu juda ko‘p ish, lekin men barcha yo‘nalish va darajadagi hokimiyat vakillarining e’tiborini bunga qaratmoqchiman: birinchi navbatda, biz mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olishimiz kerak", degan.
Putin "migrantlar kelayotgan mamlakatlarda" rus tili maktablari, Rossiya universitetlarining filiallari ochilayotganini qo‘shimcha qilgan.
"Ular bizdan o‘qituvchilarni yuborishimizni, bu dasturlarni kengaytirishimizni, darslik jo‘natishimizni talab qilishmoqda", degan Rossiya yetakchisi.
LiveBarchasi