Putin Rossiya va Belarus aloqasidagi eng muhim omilni aytdi
Olam
−
19 dekabr 2022
6211Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva va Minsk munosabatlarida iqtisodiy hamkorlikni ustuvor yo‘nalish deb atadi. U bu haqda bugun, 19 dekabr kuni Minskka tashrifi davomida so‘z ochgan.
“Iqtisodiyotga kelsak, Aleksandr Grigorevich [Lukashenko] aytganidek, bu bizning ustuvor vazifamiz”, deydi Rossiya rahbari.
U uchrashuv chog‘ida ikki davlat hukumatlari, birinchi navbatda, iqtisodiy sohadagi ishlarini sarhisob qilish rejalashtirilayotganini eslatib, so‘nggi paytlarda Rossiya va Belarus xalqaro maydonda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga ham katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar shu yo‘lda rivojlanib borayotganidan mamnun.
“Belarus so‘nggi o‘n yilliklar davomida bir-birimizning manfaatlarimizni hisobga olgan holda hamkorlik qilib kelayotgan nafaqat bizning yaxshi qo‘shnimiz, balki Belarus, albatta, so‘zning to‘liq ma’nosida bizning ittifoqdoshimizdir”, deydi Putin.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uchdan bir qismga oshib, 38,5 milliard dollarga yetgan, joriy yilning 10 oyida esa yana 10 foizga oshgan.
"Bu ham juda yaxshi. Agar o‘tgan yili rekord o‘rnatgan bo‘lsak, bu yil bizda yangi rekord bo‘ladi, deyishga asos bor. Katta ehtimol bilan tovar ayirboshlash bo‘yicha 40 milliard dollar darajasiga chiqamiz", deydi Prezident. .
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Minsk o‘rtasidagi bugungi muzokaralar ikki davlatning birgalikdagi faoliyatining ayrim natijalari sarhisob qilinadigan, muhokama qilinishi kerak bo‘lgan masalalar yechimi topiladigan platformaga aylanishi kerak.
LiveBarchasi