Putin Rossiya MDH davlatlariga koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam berganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar hamkorligi pandemiyaga qaramay, barcha yo‘nalishlarda rivojlanishda davom etdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin MDH Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi sammitida aytib o‘tdi.

“MDHga a’zo davlatlar hamkorligi joriy yilda umuman olganda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanishda davom etdi. Bugungi davlat Rahbarlari Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tayyorlangan bitimlarning yirik to‘plami bularning dalili sifatida xizmat qiladi. Buning uchun o‘zbek do‘stlarimizga yana bir bor minnatdorchilik ishor etmoqchiman”, degan Putin.

Putin sammitda Rossiyaning MDH davlatlariga koronavirusga qarshi kurash uchun ko‘rsatgan yordamlarini ham eslatib o‘tdi. Jumladan, RF tashkilotdagi sheriklariga umumiy hisobda 1 mln 300 ming ekspress test va reagentlar yetkazib bergan. Bu mamlakat xorijiy davlatlarga ko‘rsatgan yordamining 52 foizini tashkil qiladi.

RF Prezidenti rossiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashda amaliy yordam ko‘rsatish uchun Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Moldova va O‘zbekistonga yuborilganini ham qayd etgan.

Ta’kidlash kerakki, bugungi sammitda tashkilotga a’zo davlatlar MDHni yanada rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini yangiladilar va uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar rejasini tasdiqladilar.

Yangi konsepsiyaga ko‘ra, MDHning ustuvor yo‘nalishi sifatida iqtisodiy hamkorlik belgilangan. Hujjatga muvofiq, gumanitar sohadagi hamkorlik, xavfsizlik, jinoyatchilikka va yangi tahdidlarga qarshi kurashish MDH faoliyatining qo‘shimcha ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, sammitda Shavkat Mirziyoyev, migrantlar, aviqatnovlar, chegaralarni ochish va o‘zaro savdoni "jonlantirish" bo‘yicha takliflar bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston masalasini ham eslatib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev MDH

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing