Putin “Rossiya-Markaziy Osiyo” formatidagi ilk sammitga katta umid bog‘layapti
Olam
−
07 Oktabr 2022 10400 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 7 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining norasmiy sammitida davlat rahbarlarining “Rossiya-Markaziy Osiyo” formatidagi birinchi uchrashuviga tayyorgarlikni muhokama qilishni taklif qildi.
“Muhokama mavzusi kelasi hafta Ostonada bo‘lib o‘tadigan “Rossiya-Markaziy Osiyo” formatidagi ilk sammitga tayyorgarlik ko‘rishdir”, deydi Putin.
TASSning yozishicha, joriy yilda Hamdo‘stlikka raislik qiluvchi Qozog‘iston poytaxtida 12-14 oktyabr kunlari MDH sammitlari, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashlar, shuningdek, davlat rahbarlarining “Rossiya – Markaziy Osiyo” formatidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
“Bizda haqiqatan ham juda ko‘p masalalar bor, biz hozirgacha uchrashdik, ba’zilarini muhokama qilishni boshladik, ularning barchasi bizni iqtisodiy va ijtimoiy sohada, xalqaro-huquqiy jihatdan jiddiy qiziqtirmoqda. Bugun foydali uchrashuv o‘tkazamiz”, degan Putin hamkasblariga.
U MDH davlatlari rahbarlariga “taklifga javob berib, Sankt-Peterburgga kelgani” uchun minnatdorlik bildirgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025