Putin Rossiya ijtimoiy hayotidagi muammolar va ularning oldini olish haqida gapirdi

Olam

image

Bugun, 23 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Federatsiya Kengashi a’zolariga murojaat qildi. Bu davlat rahbarining Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritilganidan keyin parlamentning yuqori palatasi bilan bo‘lgan birinchi uchrashuvi hisoblanadi. Prezident o‘z nutqi davomida kam daromadli rossiyaliklarga yordam berish, pensiyalarni indeksatsiya qilish, ishsizlik darajasi va boshqa ko‘plab muammolarga to‘xtaldi. 

Prezident kam ta’minlangan rossiyaliklarning qiyin hayot sharoitlarini yengishda yordam berishga chaqirdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, kambag‘allikni qisqartirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu muammo jamiyat uchun eng og‘riqli muammolardan biri bo‘lgan va shundayligicha qolmoqda.

Prezident ushbu sohadagi chora-tadbirlardan biri kam ta’minlangan oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Putin, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida ijtimoiy shartnomalardan foydalanish tajribasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. U ijtimoiy shartnoma kambag‘allikka qarshi kurashning asosiy vositalaridan biriga aylanishi kerakligini va 2021 yildan boshlab, butun mamlakat bo‘ylab joriy etilishini ta’kidladi.

Putin Rossiyada ishsizlik darajasi 6 foizdan oshganini aytdi. U belgilangan eng kam ish haqidan past bo‘lgan ish haqi Rossiya Konstitutsiyasini buzish ekanligi haqida ham gapirdi.

Pensiyalar masalasiga to‘xtalarkan, 2021 yilda ular 6,3 foizga indeksatsiya qilinishini aytdi. Davlat rahbari ta’kidlaganidek, "bu inflyatsiya prognoz qilingan ko‘rsatkichdan bir yarim baravar ko‘p".

Putin davlatning barcha ijtimoiy majburiyatlari, shu jumladan, oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari to‘liq moliyalashtirilishiga va’da berdi. Buning uchun resurslar yetarli ekanligini ta’kidladi.

Putin sinf rahbarligi uchun o‘qituvchilarga qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lashdagi uzilishlarni istisno qilishni talab qildi. Shuningdek, u ta’lim masalalari haqida gapirar ekan, 2021 yilda universitetlarda byudjet joylar soni 33 mingga ko‘payishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing