Putin Rossiya chegaralari qachon ochilishini aytdi
Olam
−
17 dekabr 2020 25836 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishi bilanoq, mamlakat chegaralari ochilishini va boshqa davlatlar bilan aviaqatnovlar qayta tiklanishini ma’lum qildi. U bu haqda ayni paytda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida gapirgan.
"Men fuqarolarimizni ichki turizm imkoniyatlaridan foydalanishini istardim", degan Putin.
Unga ko‘ra, pandemiya sharoitida mamlakatda eng ko‘p zarar ko‘rgan sanoat bu havo transportidir.
Ma’lumot uchun, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 2,71 mlndan oshib ketgan. 47 ming 994 nafar bemor vafot etgan.
Live
Barchasi